деловая встреча

AUDIT

mutaxassisligi – fan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, u o‘z tarkibiga moliyaviy nazoratni amalga oshirish, soliq munosabatlarini tartibga solish, moliyaviy tahlil, auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish, ichki audit xizmatlarini amalga oshirish, moliya, soliq va buxgalteriya hisobi sohalarida professional xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha kompleks masalalarni qamrab oladi.

Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining vazirlik, idora va qo’mitalarda buxgalteriya hisobi va ichki nazorat bo’limlari, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari sub’ektlari, taʼlim muassasalari, davlat va mahalliy boshqaruv organlari, iqtisodiyot va moliya boshqarmalari, akademik, ilmiy tadqiqot muassasalari, soliq tizimi organlari, xo’jalik sub’ektlari ichki audit xizmati bo’limlari, kasb-hunar kollejlari va oliy taʼlim muassasalari hamda audit ish sifatini nazorat qilish ob’ektlarida moliyaviy nazorat, hisob, tahlil, tashkiliy-boshqaruv, ilmiy-tadqiqot, oliy, malaka oshirish, qayta tayyorlash muassasalarida ilmiy-pedagogik hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida pedagogik faoliyat hamda konsalting xizmati kabi kasbiy faoliyat turlari bilan shug’ullanadi.