Bo‘limning funksional vazifalari

  • Magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish, ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilish;

  • magistratura mutaxassisliklarini zaruriy darsliklar va adabiyotlar bilan ta’minlash, bu ishga yetuk olimlar, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, ilmiy sohani rivojlantirish;

  • magistratura talabalari tomonidan ilmiy-pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini nazorat qilish;

  • magistrlarni o‘qitish va ularning ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;

  • byudjet asosida ta’lim olgan magistratura talabalarini ishga taqsimlash borasida mehnat bozoridagi ish o‘rinlari to‘g‘risida axborot bankini yaratish, ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

  • magistraturaga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, uni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • o‘quv reja va dasturlarda ko‘zda tutilgan o‘qitishning hamma shakllari (ma’ruza, laboratoriya, amaliyot, seminar va boshqa o‘quv mashg‘ulotlari turlari) bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish;

  • magistrlarni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy tadqiqotlar olib borishga zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonini tashkil qilish;

  • tasdiqlangan reja asosida ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, innovatsion loyihalar, grantlar va boshqalar bo‘yicha ishlarni olib borish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;

  • magistrlarni ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga yo‘llash va ular tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishini muvofiqlashtirish;

  • magistrlarning malaka amaliyotlari, loyihalari (ishlari), magistrlik dissertatsiyalari, shuningdek, ularning mustaqil ishlarini sifatli tashkil etilishini nazorat qilish;

  • zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqishni tashkil qilish va o‘quv jarayoniga joriy etish;

  • har xil shakldagi xalqaro hamkorliklar, o‘zaro axborotlar almashinuvini rivojlantirish, konferensiyalarda, ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etish;

  • magistrlik dissertatsiyalarining mavzularini ko‘rib chiqish va ularning ishlab chiqarish hamda ilm-fan muammolarini xal etishga yo‘naltirilishini ta’minlash;

  • magistrlar bilimini reyting tizimi bo‘yicha nazorat qilishni tashkil etish, natijalarini tahlil qilish, uni takomillashtirish choralarini ko‘rish;

  • magistrlarni auditoriyadan tashqari ishlarini asosan ijod qilish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, ilmiy to‘garaklarda qatnashishga yo‘naltirish;

  • o‘rnatilgan tartibda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘kuv reja, dasturlar hamda dars jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqqa kiritish;

  • magistratura uchun darsliklar, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlashni tashkil etish;

  • iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni turli tanlovlarda, shu jumladan Prezident stipendiyasi tanlovlarida ishtirok etishga tayyorlash;

  • magistratura bitiruvchilari bilan tizimli, doimiy aloqalarni tashkil etish hamda ular faoliyatining doimiy monitoringini olib borish.

  • tg
  • White Instagram Icon

© 2020. Magistratura bo'limi ijtimoiy tarmoqlarda

Murojaat uchun

Telefon: 71 2390129

Email: magtdiu@mail.ru

Manzil

I.Karimov ko'chasi, TDIU

5-o'quv binosi, 4-qavat