Анализ данных

DAVLAT MOLIYASI VA XALQARO MOLIYA

magistratura mutaxassisligi o‘z ichiga moliyani boshqarish, moliyaviy munosabatlarni tartibga solish, byudjet-soliq siyosati, mahalliy byudjetlar, byudjet parametrlari hisob-kitobi, moliyaviy risklar va davlat qarzlarini boshqarish, davlat va nodavlat tuzilmalarida moliyaviy boshqaruvni samarali tashkil etish, moliyaviy rejalashtirish, moliyaviy nazorat, byudjetdan moliyalashtirish, byudjet smetalarini tuzishda ishtirok etish, ijtimoiy taʼminot bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

 

 Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalari bo‘yicha davlat va nodavlat tuzilmalarida moliya va pul oqimlarini boshqarish, moliya-kredit tashkilotlari, davlat hokimiyati va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlarida moliyaviy nazoratni tashkil etish, tahlil qilish, moliya-bank sohasiga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, muassasalarda moliyaviy-iqtisodiy, hisob, tahlil va nazorat, tashkiliy-boshqaruv faoliyati obyektlarda moliyaviy faoliyat samaradorligini aniqlash va baholash, ilmiy-tadqiqot, innovatsiya, pedagogik kabi kasbiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.

  • tg
  • White Instagram Icon

© 2020. Magistratura bo'limi ijtimoiy tarmoqlarda

Murojaat uchun

Telefon: 71 2390129

Email: magtdiu@mail.ru

Manzil

I.Karimov ko'chasi, TDIU

5-o'quv binosi, 4-qavat