Люди, работающие в Open Office

INSON RESURSLARINI BOSHQARISH

fan, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasidagi mutaxassislik bo’lib, u o’z tarkibiga zamonaviy menejment tizimida kadrlarni boshqarish, korxona va tashkilotlarda kadrlarlar siyosatini yuritish va kadrlarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish, xodimlarni professional tanlash va ular salohiyatdan samarali foydalanish, istiqbolli kadrlarlar zaxirasini shakllantirish, kadrlarni boshqarish xizmatining faoliyat yunalishlarini baholash, kadrlarning attestatsiya tekshiruvini tashkil etish va o’tkazish hamda kadrlar karerasini boshqarish bo’yicha kompleks masalalarni qamrab oladi. 

Ushbu mutaxassislik egalari yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining vazirlik, idora va qo’mitalarda kadrlarni boshqarish xizmati bo’limlari, turli mulkchilik shaklidagi ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarining kadrlar faoliyati, ilmiy tadqiqot markazlari va loyihalash institutlari, ilmiy - ishlab chiqarish birlashmalarida mehnatni tashkil etish faoliyati, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalarining kadrlar bo’limlarida kasbiy faoliyat, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik hamda umumiy o’rta,  o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat hamda konsalting xizmati kabi yo’nalishlarda kasbiy faoliyat turlari bilan shug’ullanadi.

  • tg
  • White Instagram Icon

© 2020. Magistratura bo'limi ijtimoiy tarmoqlarda

Murojaat uchun

Telefon: 71 2390129

Email: magtdiu@mail.ru

Manzil

I.Karimov ko'chasi, TDIU

5-o'quv binosi, 4-qavat