Данные на Touch Pad

INVESTITSIYALARNI BOSHQARISH

Yo'nalish haqida

5A230603 Investitsiyalarni boshqarish (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarga investitsiyalarni iqtisodiyotda tutgan o'rni, investitsion faoliyatni moliyalashtirish manbalari, investitsion bozor tarkibi va uning bo‘g‘inlari,investitsion siyosat, investitsion loyihalarni moliyalashtirish, investitsiyalarning samaradorligini baholash mezonlari, portfelli investitsiyalar va ularning daromadliligini aniqlash, investitsion faoliyatdagi mavjud risklar kabi masalalarni nazariy va ilmiy jihatdan tanishtirishga yo‘naltirilgan.

Asosiy maqsad – magistr talabalarda investitsiyalarni boshqarish bo‘yicha nazariy va amaliy  asoslangan takliflar ishlab chiqish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat.

Asosiy vazifasi – magistrlarga investitsiyalarni boshqarish jarayonlarini mamlakatimiz  qonunlari, hukumat qarorlari, meʼyoriy hujjatlari asosida o‘rgatishdan iborat.

Natijada magistr: 

- investitsiyalarni iqtisodiyotda tutgan o'rni, investitsion faoliyatni moliyalashtirish manbalari, investitsion bozor tarkibi va uning bo‘g‘inlari, investitsiyalarning samaradorligini baholash mezonlarining nazariy va huquqiy asoslari haqida tushunchaga ega bo‘lish;

-investitsion siyosat, investitsion loyihalarni moliyalashtirish, portfelli investitsiyalar va ularning daromadliligini aniqlash, investitsion faoliyatdagi mavjud risklarni baholash uslubiyotini bilishi kerak.