Станция кодирования

IQTISODIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA TIZIMLARI

5A230107 – Iqtisodiyotda  axborot  texnologiyalari  va  tizimlari  mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlovchi oliy ta’limning asosiy ta’lim dasturi amalga oshiriladi.

5A230107 – Iqtisodiyotda  axborot  texnologiyalari  va  tizimlari  mutaxassisligi bo’yicha magistrlar kasbiy faoliyatining ob’ektlari - mos kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat, yuqori samarali zamonaviy kompyuter tizimlari, shu jumladan iqtisodiy axborot tizimlari, intellektual tizimlar, axborot-hisoblash tarmoqlari, ma’lumotlar va bilimlar bazalarini ishlab chiqish jarayonlari va bu jarayonlarni tadqiqot qilish va takomillashtirish, ularni ishlatishning samarali jarayonlari, ilmiy-tadqiqot va loyihalash-konstruktorlik institutlari.

5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)  bakalavriat ta’lim yo’nalishi negizidagi 5A230107 – Iqtisodiyotda  axborot  texnologiyalari  va  tizimlari  mutaxassisligi bo’yicha magistr ta’lim dasturini o’zlashtirish natijasida kasbiy tayyorgarlikning asosiy turlari va ixtisosligiga mos quyidagi kasbiy vazifalar belgilanadi:

Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimidagi  pedagogik faoliyatda:

-o’quv fanlarini o’qitish metodikasini egallagan bo’lishi;

-elektron o’qitish metodlarini egallagan bo’lishi;

-oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimining mos ta’lim muassasalarida tayyorgarlik yo’nalishida nazarda tutilgan o’quv fanlari bo’yicha nazariy mashg’ulotlarni o’tkazishi;

-oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimining mos ta’lim muassasalarida tayyorgarlik yo’nalishida nazarda tutilgan o’quv fanlari bo’yicha amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini, jumladan o’quv ustaxonalarida o’tkazishi;

-zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib nostandart o’quv mashg’ulotlarini ishlab chiqishi va o’tkazishi;

- o’qitilayotgan fanlar bo’yicha darslarni o’tkazish uchun zarur bo’lgan o’quv-uslubiy hujjatlarni shakllantirishi va tuzishi;

-o’qitilayotgan fan bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazish uchun o’qitishning texnik vositalarini ishlab chiqishi va ulardan foydalanishi;

-mustaqil ta’lim va ijodiy qidiruv natijasida o’qitilayotgan fan hamda pedagogik faoliyat sohasidagi turli usullar, vositalar va boshqa. sohalarda o’z-o’zini muntazam takomillashtirib borishi lozim.

  • tg
  • White Instagram Icon

© 2020. Magistratura bo'limi ijtimoiy tarmoqlarda

Murojaat uchun

Telefon: 71 2390129

Email: magtdiu@mail.ru

Manzil

I.Karimov ko'chasi, TDIU

5-o'quv binosi, 4-qavat