120797268-global-business-and-stats-conc

JAHON IQTISODIYOTI

Jahon iqtisodiyoti mutaxassisligi jahon iqtisodiyoti globallashuvining asosiy sabablari va istiqbollari bilishi, jahon iqtisodiyoti globallashuvining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan taʼsirini baholashi; xalqaro moliya bozori va institutlari faoliyatining asoslarini, xalqaro moliya bozori va institutlari ishtirokchilarini bilishi, shuningdek xalqaro moliya bozori va institutlarining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan taʼsirini baholashi; xalqaro savdoning konseptual asoslarini bilishi, xalqaro savdoning rivojlanish tendensiyalari va o‘zgarish dinamikasini tahlil qilishi; jahon iqtisodiyotida xalqaro transport koridorlarining ahamiyatini, ularning O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun istiqbollarini baholashi; jahon bozori konyunkturasi tushunchasini bilishi, jahon bozori konyunkturasining mamlakatlar iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan taʼsirini tahlil qilishi; xalqaro iqtisodiyotning zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini baholashi, xalqaro iqtisodiyotning rivojlanishini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanishi va tahlilni amalga oshirishi; xalqaro bitimlar va kelishuvlarni samarali tashkil etish yo‘llarini bilishi va ulardan amaliyotda foydalanishi; magistratura mutaxassisligi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni, o‘quv va ko‘nikmalarni shakllantirishi; magistratura mutaxassisligi bo‘yicha bilimlar bazasini yaratish, jamlash va ulardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishi; magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish, kasb faoliyatining ko‘zlangan natijalariga erishishda jarayonlarni modellashtirish va tizimli yondashish borasidagi ilmiy bilimlar, amaliy mahorat va ko‘nikmalarga ega bo'lishi kerak.