Bu tizimdan ro'xyatdan o'tish faqat magistratura bo'limining 1 - bosqich tinglovchilaridan talab etiladi.

    Buning uchun Siz o'z guruhingizni tanlab so'ngra Familiya va ism, sharifingizni kiritishingiz lozim. Sizlardan ushbu havolada keltirilgan bitta aniq mavzuni tanlashingiz yoki mutaxassisligingiz boʼyicha loyihangiz, ilmiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot ishlaringiz boʼlsa, mavzuingizni oʼzingiz shakllantirishingiz ham mumkin boʼladi.

    Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari qoidaga koʼra, dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga qaratilgan boʼlishi hamda aniq amaliy vazifalarni hal etish va yoritib berishi kerak.

Mavzuingiz boʼyicha mutaxasisslik kafedralar tomonidan Sizlarga ilmiy rahbar biriktiriladi.

    Аgar Siz magistrlik dissertatsiyasi mavzusini kafedra tomonidan olgan boʼlsangiz saytda ham shu mavzuni tanlashingiz soʼraladi.

    Mavzuni tanlashning soʼnggi muddati 2020 yil 30 dekabr.

Qoʼshimcha maʼlumot uchun Magistratura boʼlimining rasmiy sayti (www.tdiumag.uz)dagi chat orqali murojaat qilishingiz mumkin.

  • tg
  • White Instagram Icon

© 2020. Magistratura bo'limi ijtimoiy tarmoqlarda

Murojaat uchun

Telefon: 71 2390129

Email: magtdiu@mail.ru

Manzil

I.Karimov ko'chasi, TDIU

5-o'quv binosi, 4-qavat