
Logistika
70411701 - Logistika magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlovchi oliy taʼlimning dasturi amalga oshiriladi, uning nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxsga “magistr” darajasi hamda davlat namunasidagi rasmiy hujjat beriladi. Mutaxassislikning o‘quv rejasida logistika bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni, o‘quv va ko‘nikmalarni shakllantirishi; logistik jarayonlarda inson va moddiy resurslarni boshqarish tizimini ishlab chiqishi va amaliyotga tatbiq qilishi; logistik jarayonlarni tahlil qilishi, modellashtirishi va optimallashtirishi; logistikaga doir turli nazariy va amaliy masalalarni yechishda iqtisodiy-matematik va statistika metodlaridan foydalanishi; tashqi iqtisodiy faoliyatda transport harakatini tashkil etish va boshqarish; magistratura mutaxassisligi bo‘yicha bilimlar bazasini yaratish, jamlash va ulardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishi; magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, kasb faoliyatining ko‘zlangan natijalariga erishishda jarayonlarni modellashtirish va tizimli yondashish borasidagi ilmiy bilimlar, amaliy mahorat va ko‘nikmalarni taʼminlashi ko‘zda tutilgan.