1920x1080-Finance-3.jpg

MENEJMENT

fan, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasidagi mutaxassislik bo’lib, u o’z ichiga tarmoqlar va sohalar korxonalari, tashkilotlar, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarida mehnat faoliyatini tashkil etish,  ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatishni tashkil etish, bajarayotgan faoliyati bo’yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirilgan ishlarning natijalarini baholash, echilayotgan ilmiy muammolarlarning kontseptual hamda nazariy modellarini ishlab chiqish bo’yicha ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishning faoliyat ko’lamini qamrab oladi.

Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining boshqaruv tizimida faoliyat ko’rsatish, iqtisodiyotning tarmoqlari, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish majmualarini rivojlantirish,ularning iqtisodiy faoliyatini tashkil etish,boshkaruv tizimini loyihalashtirish, ijtimoiy faoliyatni tashkil etish, inson resurslarini boshqarish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, korxonalarning rivojlanishi strategiyasini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish, korxonalarda mehnat salohiyatidan samarali foydalanishni rejalashtirish, zamonaviy iqtisodiy bilimlarni qo’llash orqali boshqarish, dasturiy ta’minot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan korxonani boshqarish tizimida foydalanish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug’ullanadi.