coins-economy-paper.jpg

MONOPOLIYAGA QARSHI BOSHQARUV VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH

Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish - fan, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasidagi mutaxassislik bo’lib, u o’z tarkibiga mamlakatda raqobatbardoshlikni oshirish, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish jarayonlarini chuqurlashtirish, investitsiyalarni jalb qilish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, fond bozorini rivojlantirish va sog’lom raqobat muhitini yaratish, faol investitsiya siyosatini olib borish, davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi hamda qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish, turli mulkchilik shaklidagi davlat va nodavlat muassasa va tashkilotlari, aktsiyadorlik jamiyatlarida strategik rejalashtirish, xavf-xatarlarni tahlil qilish va boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, monopoliyaga qarshi komplaens joriy etish, bo’yicha kompleks masalalarni qamrab oladi.

Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining vazirlik, idora va qo’mitalar, xususan monopoliyaga qarshi boshqaruv davlat qo’mitasi, kapital bozorini rivojlantirish agentligi, davlat aktivlarini boshqarish agentligi, qimmatli qog’ozlar markaziy depozitariysi, davlat va mahalliy boshqaruv organlari, barcha turdagi aktsiyadorlik jamiyatlari boshqaruvi, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari hamda korporativ boshqaruv xodimlarini malakasini oshirish markazlarida pedagogik hamda kasbiy faoliyat turlari bilan shug’ullanadi.