Поиск

Abiturientlar diqqatiga !


⚡️2021/2022 oʻquv yilida davlat OTM magistraturasiga oʻqishga kirish uchun magistr.edu.uz platformasi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar DIQQATIGA!


🔰 Roʻyxatdan oʻtgan hujjatlarni koʻrib chiqish davomida, kamchiliklar aniqlanib arizalari rad qilingan abituriyentlarga, kamchiliklarni toʻgʻirlashga imkoniyat berilmoqda hamda bu haqida ularning telefon raqamlariga SMS xabarnoma shaklida maʼlumotlar yuborilmoqda.


⚠️ Imtihonlar oʻtkazish muddati yaqinlashganligini inobatga olgan holda, koʻp sonli abituriyentlar hamda oliy taʼlim muassasalarining murojaatlari asosida hujjatlari rad etilgan abituriyentlar, kamchiliklarini tahrirlab joʻnatishning yakuniy muddati etib joriy yilning 10-avgust kuni soat 24:00 etib belgilandi.


!! Ushbu muddatga qadar hujjatlari rad etilgan abituriyentlar, koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda arizalarini tahrirlab joʻnatishlari lozim.


❌ Hujjatlari tekshirilib, arizasi qabul qilingan abituriyentlarning hujjatlarini qayta tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi.

285 просмотров0 комментариев

Недавние посты

Смотреть все

Qabul-2022