Поиск
  • Bo'lim

Face ID qurilmasidan oʼtmagan talabalar dars mashgʼulotlarida qatnashmagan hisoblanadi.


Hurmatli magistrlar yana bir bor eslatib oʼtamiz! Аnʼanaviy taʼlim jarayonida ishtirok etmayotgan talabalar toʼgʼrisida maʼlumot va holatni tahlil qilish maqsadida Magistratura boʼlimi tomonidan Face ID (yuzni aniqlash tizimi) qurilmasi 5-binoning 1,3,4-qavatlariga oʼrnatildi.

Bu qurilmadan Sizlar dars jarayoniga kelishingizda va ketishingizda oʼtishingiz kerak.

Vazirlar Mahkamasining 824 qarori 8-bob (talabalarni oʼqishdan chetlashtirish, qayta tiklash, kursdan kursga oʼtkazish) 41-bandga asosan bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan boʼyicha tegishli kreditlarni oʼzlashtirmagan hisoblanadi.



Аkademik qarzdor talabalar tegishli fanlardan oʼzlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy toʼlov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda toʼlovni amalga oshirgandan soʼng oʼzlashtirilmagan fanlarni oʼz hisobidan qayta oʼqish huquqiga ega boʼladi.

Просмотров: 115Комментариев: 0

Недавние посты

Смотреть все