Поиск
  • Bo'lim

Foydali karantin: COVID-19 pandemiyasi oliy ta’lim tizimini qanday o‘zgartiradi?

Пост обновлен 7 авг. 2020 г.




Jahon ekspertlari pandemiya tufayli joriy qilingan qat’iy karantin qoidalari ta’lim, jumladan oliy ta’lim uchun yangi imkoniyatlar yaratganini e’tirof etishmoqda.

Koronavirus pandemiyasi ko‘p sohalarda insonlar hayot tarzini tubdan o‘zgartirishi mumkin. Hatto konservativ soha hisoblanadigan ta’lim tizimini ham yangi sharoitlarga tezkor moslashishga va o‘zgacha tartib-qoidalar bo‘yicha ish olib borishga majbur qildi.

Uzanalytics.com saytining yozishicha, Xalqaro tashkilotlar, jumladan, YuNESKO, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT), hamda Jahon banki ushbu pandemiyani o‘rta, maxsus va oliy ta’limning fors-major vaziyatlarga tayyorgarligini tekshiruvdan o‘tkazayotgan holat deb baholashmoqda. Buning sababi, jahondagi barcha ta’lim muassasalari yangi formatga o‘tib, ommaviy tarzda masofali o‘qitish tajribasini qo‘llashga majbur bo‘lishdi. O‘z o‘rnida, bu qator muammolarni keltirib chiqardi. Birinchidan, internet texnologiyalaridan foydalanish uchun o‘qituvchi va talabalarda raqamli savodxonlikning yetarli emasligi, ikkinchidan, internet tezligining pastligi, uchinchidan esa, ba’zi mamlakatlarda internetga ulanish imkoniyatining kamligi yoki aholining aksariyat qismi uchun deyarli yo‘qligi va to‘rtinchidan, aksariyat ta’lim oluvchilarda masofaviy o‘qish uchun texnik vositalarning (kompyuter, noutbuk, gadjetlarning) mavjud emasligi. Shubhasiz, bunday holat ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etmasdan qolmadi, texnik nosozliklar va boshqa omillar o‘quv jarayonida uzilishlarga olib keldi.

Lekin shu bilan birga, jahon ekspertlari pandemiya tufayli joriy qilingan qat’iy karantin qoidalari ta’lim, jumladan oliy ta’lim uchun yangi imkoniyatlar yaratganini e’tirof etishmoqda. Xususan, Armanistonda karantin paytida masofaviy ta’lim olish imkonini beruvchi universitetlarning yagona iUniversity platformasi ishga tushirildi, Birlashgan Arab Amirliklari global tarmog‘ida ta’lim olish va biznes yuritish uchun 5 ta: Google Hangouts Meet, Cisco Webex, Avaya Spaces, Blue Jeans va Slack nomli ilovalar uzluksiz ishlay boshladi. Kiprda ta’lim va fan vazirligi Pedagogika instituti orqali masofaviy ta’lim olib borish uchun o‘qituvchilarni tezkor tayyorlash ishlarini tashkil qildi. Rossiya universitetlarida esa qo‘shimcha reallik (AR – augmented reality) texnologiyasining qo‘llanilishi (RF “Perviy kanal”dagi “Vremya” axborot ko‘rsatuvi, 2020 yil 12 maydagi efir) ta’limda innovatsiya bo‘ldi.

Pandemiya sharoitida milliy oliy ta’lim tizimining transformatsiyasi

Umuman olganda, O‘zbekistonda aksariyat universitet va institutlar darslarni masofaviy shaklda o‘tkazishga qisman tayyor edi. Oliy ta’lim muassasalari platformalarida Moodle tizimi shakllantirilib, unga barcha o‘quv predmetlari bo‘yicha elektron resurslar joylashtirilgan edi. Ammo, mazkur tizim bundan bir necha yil avval joriy qilingan bo‘lishiga qaramay, unda ishlash amalda sust edi, shu bois, mamlakatimiz tarixida birinchi marta favqulodda tashkil etilayotgan masofaviy ta’limni joriy qilishda o‘ziga yarasha muammolar va qiyinchiliklarga duch kelish tabiiy edi.

Maqola muallifi, tarix fanlari nomzodi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti Iroda Shamsiyeva respublikaning bir nechta oliygohlari o‘qituvchilariga masofaviy o‘qitish jarayonida kuzatilgan qiyinchilik va muammolar, imkoniyatlar bilan bog‘liq savollar bilan murojaat qildi:



Ta’limni masofaviy (onlayn) shaklda olib borishda qanday muammo va qiyinchiliklar kuzatildi? Sizningcha bu borada qanday yutuqlarga erishildi, shuningdek, ushbu tizimning kamchiliklari haqida nimalar deya olasiz?

Ra’no Tursunova, tarix fanlari nomzodi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti dotsenti:

Ochig‘ini aytsam, biz bunga hali tayyor emasdik. Albatta, o‘qituvchilar har yili AKT bo‘yicha malaka oshirish kurslarini o‘tishadi, biroq masofada ishlash amaliyoti ko‘pchilikda shakllanmagandi, ba’zi o‘qituvchilar bundan istisno albatta.

Shuning uchun, qisqa muddatda yangi sharoitga moslashishga to‘g‘ri keldi. Darhaqiqat, Zoom internet platformasida ishlash misli ko‘rilmagan imkoniyatlarni berdi. Nafaqat o‘qituvchi, balki talabalar ham yangi ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.

Masofaviy va onlayn ta’limni tashkil etishda o‘qituvchi va talabalar bir qator muammolarga duch kelishdi, jumladan:

  • internet tezligining nafaqat hududlarda, balki viloyatlar markazida ham pastligi, markazdan uzoq joylarda internetga ulanish imkoniyatining deyarli yo‘qligi;

  • o‘quvchilarda texnik vositalarning yetishmasligi, aksariyat hollarda oilada bitta gadjet bo‘lib, undan foydalanish uchun navbatga turishga to‘g‘ri keldi.

Akbar Zamonov, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), O‘zbekiston Milliy universitetining (O‘zMU) tarix fakulteti dotsenti:

Birinchidan, mamlakat masofaviy va onlayn ta’limga o‘tishga hali tayyor emas edi, jumladan, bu borada professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha tashkiliy ishlar qilinmagan edi. Shuning uchun o‘qitishning sifati, uni tashkil etish hamda hududlardagi aloqa tizimi bilan bog‘liq muammo va qiyinchiliklar yuzaga keldi. Shuningdek, videodarslarning vaqt me’yori 80 minutni tashkil qilmaydi (buning bir nechta sabablari bor: internet tezligi nihoyatda past, talabalarning moddiy imkoniyati mavjud trafiklarga yetmaslik ehtimoli kattaligi va h.k.). Shu jihatdan, o‘qituvchilar o‘zlarining 80 daqiqalik ma’ruzasini metodik mahorat orqali qisqa vaqtga (20-30 daqiqa) keltirish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim edi. Bunda tavsiya etiladigan asosiy adabiyotlar, talabalar tomonidan ularni topish va foydalanish uslublari, mavzuga oid asosiy tushuncha va tamoyillar, yakuniy xulosa va vazifalar berilishi lozim. Lekin bu maqsadga barcha ham erisha olmagan.

Ikkinchidan, biz talabalarni videodarslar orqali ta’lim olishini to‘la nazorat qila olmadik. Shu nuqtai nazardan, telekanallar, internet saytlarda joylashtirilgan videodarslar mashg‘ulotlari o‘qituvchi, murabbiylar bilan bir qatorda ota-onalarga ham birdek mas’uliyat yuklaydi. Jumladan, farzandining internetdagi turli dasturlar orqali berib borilayotgan darslarni muntazam tomosha qilishlari uchun sharoit yaratish, doimiy nazorat qilish, mavzularni o‘zlashtirishiga, vazifalarni bajarishga yordamlashish, shuningdek, farzandining o‘qituvchisi bilan xabar almashishda internet orqali aloqani ta’minlab berishlari lozim.

Eng asosiy muammo, talabalarning mamlakatning turli hududlari – poytaxt, viloyat markazi, tuman markazidan eng chekka qishloqlarda istiqomat qilishi hamda ularda aloqa tizimining ham hududlariga qarab har xil bo‘lishidir. Bu jarayonda faqat poytaxt, viloyat va tuman markazlarida istiqomat qiluvchi talabalarning imkoniyati bir oz yuqori bo‘ldi. Bu videodarslar (xususan, Zoom platformasida ) o‘rtacha 100 nafar talabadan 8-13 tasining ishtirok etishiga olib keldi. Bu birinchidan, mamlakatdagi aloqa kompaniyalarining faoliyati qoniqarsizligini ko‘rsatsa, ikkinchidan esa, talabalarda videodarslar bo‘yicha ko‘nikmalarning hali yetarli darajada bo‘lmaganligidadir.

Karantin davrida tashkil etilgan onlayn ta’lim ustozlar va talabalarning tabaqalanishiga, ya’ni shu jarayonga faol qatnashib, virtual ta’limning yutuqlaridan foydalanganlar hamda o‘z mahoratini, malakasini oshirganlar va deyarli ishtiroksiz o‘quv yilini yakunlayotgan guruhlarga ajratdi. Har holda, favqulodda o‘tilgan onlayn ta’lim tahsil oluvchi va tahsil beruvchining mutaxassislik doirasida bilimlarini odatdagi tizimga qaraganda oshirmagan bo‘lsa-da, ma’lum saboq va malakalarga ega bo‘lishiga xizmat qildi.

Nilufar Salimsakova, Toshkent farmatsevtika instituti katta o‘qituvchisi:

Birinchidan, kompyuterda ishlashni mustaqil o‘rganganligim boshida ozroq pand berdi, lekin sharoit taqozosi va favqulodda vaziyat masofaviy dars berish uchun kerakli ko‘nikmalarni shakllantirish uchun imkoniyat yaratdi.

Ikkinchidan, internetning sekin ishlashi ancha vaqtni oldi.

Imkoniyatlar haqida aytadigan bo‘lsam, bunda ham o‘qituvchi, ham talaba, jamoaviy ishlashni o‘rgandi. Biroq, bunday ishlash tartibining muayyan nuqsonlari borligi ma’lum bo‘ldi. Xususan, talabalar o‘qituvchi tomonidan belgilangan topshiriqlarga javoblarni ko‘chirib, Telegram kanali orqali bir – birlariga jo‘natish holatlari kuzatildi. Shuning uchun, fikrimcha, o‘qituvchi har bir talabaga vazifani alohida, individual berishi kerak.

Bu tajriba bundan bir necha yil avval joriy qilingan Moodle tizimida masofaviy ishlashni o‘rgatdi. Nazarimda, agar talabalarni dars berishning mazkur shakli bilan izlanishga motivatsiya qilinsa, ta’lim oldiga qo‘yilgan pedagogik vazifalarning bir nechtasini amalga oshirish mumkin bo‘lardi.

Botirjon Qosimov, Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi:

Men karantin davrida mamlakatimiz barcha o‘quv yurtlarining masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazilgandan buyon, ushbu davr mobaynida erishilgan yutuqlar va kuzatilgan kamchiliklar borasida to‘xtalmoqchiman.

Avvalambor, yutuqlar haqida: bu borada erishilgan yutuqlar shundan iboratki, yoshidan qat’iy nazar barcha professor-o‘qituvchilarda ta’lim platformalari bilan ishlash, masofaviy ta’lim va uni olib borish sohasidagi bilim va ko‘nikmalari shakllandi yoki rivojlandi. Kelajakda masofaviy ta’limni yanada rivojlantirish borasida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar esa tahlil etib borilmoqda. Masofaviy ta’lim ayni paytda kelajak uchun eksperiment vazifasini o‘tamoqda, desak adashmaymiz. Masofaviy ta’limning yutuqlaridan biri, fikrimcha, talabalar bilan muloqotning xilma xilligidir. Bunda talaba aytmoqchi bo‘lgan javobini matn, audio yoki video shakllarda bayon etish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa auditoriya sharoitida omma oldida o‘z fikrini ovoz orqali bayon eta olmaydigan yoki bundan tortinadigan talabalar uchun qulay shaklidir. Masofaviy ta’lim orqali ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar universitetga borish va kelish uchun sarflanadigan vaqtlari tejaladi. Tejalgan vaqt hisobiga boshqa manbalardan yangi bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyati vujudga keladi.

Men kuzatgan kamchiliklarga kelsak, masofaviy ta’lim auditoriyada kechadigan jonli ta’limdan farqlangani tufayli ta’lim jarayonida muloqot qilish samaradorligi past darajada kechadi. Auditoriya sharoitida talabalarning yuz ifodasi orqali ularning dars mavzusini tushunib borayotganliklarini anglash oson kechadi. Masofaviy ta’limda esa bu qiyinroq kechadi.

Respublikada masofaviy ta’limning rivojlanish istiqbollariga kelsak, masofaviy ta’lim ikki yo‘nalishda, ya’ni real vaqt rejimiga asoslangan sinxron yoki real vaqt rejimiga asoslanmagan nosinxron tarzda kechishi mumkin. Ammo, ikki yo‘nalish uchun ham Internet tezlik jihatidan yaxshi ishlashi kerak. Busiz masofaviy ta’limning istiqboli bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, hozirgi pandemiya sharoitidagi masofaviy ta’lim odatdagi masofaviy ta’limdan farqlanadi. Pandemiya sharoitidagi masofaviy ta’lim favqulodda holatdagi masofaviy ta’limdir. Shu bois, hozirgi sharoitda ta’lim berish va ta’lim olishga moslashmagan Telegram singari ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga majbur to‘g‘ri kelmoqda.

Kelajakda masofaviy ta’limni yanada rivojlantirish uchun esa odatiy masofaviy ta’limni boshqarish tizimi, ya’ni Moodle kabi ta’lim platformalarini takomillashtirish, ularni qulay va yanada tushunarli funksiyalar bilan boyitish o‘ta muhimdir. Buning uchun pedagog va axborot texnologiyalari mutaxassislarining yaqindan hamkorligi talab etiladi.

Yuqoridagi fikrlarga quyidagi mulohazalarimni qo‘shimcha qilishni o‘rinli deb o‘ylayman. Haqiqatdan ham, ta’lim tizimining favqulodda masofaviy va onlayn shaklga o‘tishi, butun dunyoda bo‘lgani kabi, respublikamiz oliy ta’lim tizimini yangi sharoitlarga moslashishiga majbur qildi. Faoliyatni raqamli formatga o‘tkazishda oliy ta’lim muassasalari asosan IT infratuzilma bilan bog‘liq texnik qiyinchiliklarga duch keldi. Shu bilan birga, bu vaziyat boshqa bir muammo, joriy va oraliq nazorat ishlarida talabalar tomonidan bir-biridan ko‘chirish muammosini keltirib chiqardi. Shu o‘rinda plagiat muammosi jahonning deyarli barcha universitetlarida mavjudligi va uning oldini olish uchun maxsus dasturlardan foydalanilishi xorijiy professor – o‘qituvchilar tomonidan ham ta’kidlanadi (WEBINAR ON: Academic Credit System: International Ceses, Konferensiya Zoom TashGUV.


Foydali karantin

Fikrimcha, karantin milliy oliy ta’lim tizimi uchun foydali bo‘ldi.

Birinchidan, onlayn ta’lim mazkur tizimni kamida 10 yilga rivojlantirishga xizmat qildi. Ma’lumot uchun: 2018 yilda xalqaro THE (Time higher education) nashri e’lon qilgan ma’ruzada 2030 yilga kelib faqat elita universitetlarning onlayn ta’limga o‘tishini prognoz qilgan edi. Bugun kunda COVID-19 pandemiyasi ushbu jarayonni tezlashtirib yuborganini guvohi bo‘lib turibmiz.

Ikkinchidan, karantin davrida o‘qituvchilar masofaviy ta’lim berish (Moodle), onlayn rejimda, turli platformalarda (ZOOM, Telegram) ma’ruza o‘tish va videodarslar yozish (Bandicam, OBS-studio) ko‘nikmalariga ega bo‘lishdi. Bu esa aksariyat oliy ta’lim muassasalari tomonidan videodarslardan iborat ulkan media platforma yaratish uchun manbaviy asos bo‘lib xizmat qildi.

Uchinchidan, ta’lim berishning innovatsion uslublari yaratildi. Xususan, onlayn tarzdagi dars vaqtining o‘zida internetdagi mavzuga aloqador web-resurslarga havola qilish orqali virtual interfaollik ta’minlandi.

To‘rtinchidan, karantin talabalarda XXI asr mutaxassisi uchun kerak bo‘lgan moslashuvchan ko‘nikmalarning (Soft skills) rivojlanishini tezlashtirdi. Misol uchun, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 3-bosqich tarixchi talabalari mustaqil ravishda turli web platformalarda ishlashni o‘rganib, tarixiy mavzularga doir raqamli arxivlar (misol uchun, Ernest Xeminguey haqida) va saytlar (masalan, Livan va Ummon haqida) yaratishga muvaffaq bo‘lishdi.

Beshinchidan, respublika oliy ta’lim muassasalarining xorijiy universitetlar bilan hamkorligi faollashdi. Bir qator oliygohlar jahonning yetakchi o‘quv dargohlari bilan onlayn konferensiya, vebinarlar uyushtirishdi. Masalan, joriy yilning 11- 12 may kunlari Toshkent Davlat yuridik universiteti va AQShning Boston kolleji yuridik maktabi (Boston college law school) o‘rtasida masofaviy ta’lim olib borish bo‘yicha onlayn seminar, 15 mayda esa Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Janubiy Koreyaning Kyung He va Yeungnam universitetlari bilan kredit-modul tizimini joriy etishga doir onlayn formatda vebinar tashkil qilinib, o‘zaro tajriba almashildi.


Oliy ta’limning istiqboli onlaynmi?

Karantin davrida barcha ta’lim tizimlarining masofali rejimga o‘tganligi o‘z navbatida, uning qanchalik samaraliligi va davomiyligi haqida bir qator savollarni keltirib chiqarmoqda. Darhaqiqat, ta’lim, jumladan, oliy ta’lim tizimi endi o‘zgacha formatda bo‘ladi.

Ta’lim sohasi mutaxassislarining hisob-kitobi