
✍️ Talabalar bandligini taʼminlash boʼyicha ustuvor vazifalar ijrosi

Bugun, 28 mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida talaba-yoshlar uchun “Karьera kuni” axborot-tanishtiruv tadbiri oʼtkazildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent shahar va Chilonzor tuman prokuraturasi, Chilonzor tuman hokimligi, Markaziy bank va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda mulkchilikning turli shaklidagi 157 ta tashkilot va muassasa tomonidan 2500 ga yaqin ish oʼrni taklif etildi.