Поиск
  • Bo'lim

❗️ Talabalar diqqatiga ❗️



Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan, 2022 yil 7 fevraldan boshlab barcha ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklga o‘tkazilishi e’lon qilindi.


Shundan kelib chiqib, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida an’anaviy ta’lim jarayoniga o‘tish bo‘yicha alohida reja-grafik ishlab chiqildi.


Unga ko‘ra,


3-bosqich va magistratura 1-bosqich talabalari uchun — 7 fevral (yakuniy nazorat 14 fevraldan boshlanadi),


1- va 2-bosqich talabalari uchun — 14 fevral (yakuniy nazorat 21 fevraldan boshlanadi),


4-bosqich talabalari uchun — 21 fevral


an’anaviy dars jarayonlarida ishtirok etish sanasi etib belgilandi.


Savol: Agar men avia yoki temir yo‘l chiptalarini belgilangan kundan (bizga 14 fevraldan oflayn ta’limga qaytish kuni etib belgilangan) oldin xarid qilgan bo‘lsam qanday yo‘l tutaman. Masalan 9 fevral kuni ham borsam ham bo‘ladimi?


Javob: Bo‘ladi. Bunday holatda avia yoki temir yo‘l chiptalari amal qiladigan sanada Toshkent shahriga kelib, universitetda tashkil etiladigan dars jarayonlarida ishtirok etishingiz uchun sharoit yaratiladi.


Savol: Sog‘lig‘im bilan bog‘liq muammolar bor. Shu bois belgilangan sanadan kechikib universitetga borsam ham bo‘ladimi?


Javob: Bunday holatda sog‘lig‘ingizni yo‘qotganligingizni tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnoma bo‘lishi kerak. Shu kabi holatlarni inobatga olib darslar ham onlayn, ham oflayn tarzda tashkil etiladi. Turli sabablar bilan belgilangan vaqtda universitetga kela olmagan talabalar olayn darslarda ishtirok etishi shart bo‘ladi.


Dasrlarni tashkil etish bo‘yicha ishonch telefon raqami: +998 71 232 69 87


Talabalar turar joyi va ijara bo‘yicha ishonch telefon raqami: +998 90 972 88 80

563 просмотра0 комментариев

Недавние посты

Смотреть все