Поиск
  • Bo'lim

TDIU da Anatoliy Karpov nomidagi shaxmat maktabi ochildi


Maʼlumki, shaxmat o‘yini aqliy qobiliyatlarni rivojlantirishda ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Bunda kishining mantiqiy fikrlashi, tahlil qilish qobiliyatlari rivojlanadi. Ayniqsa, iqtisodchilar uchun eng kerakli sport turi hisoblanadi.


Aynan shu maqsadlarni nazarda tutgan holda, 12-iyul kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Anatoliy Karpov nomidagi shaxmat maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Unda shaxmat bo‘yicha 16 karra Jahon chempioni, taniqli grossmeyster, Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi deputati Anatoliy Karpov hamda Ural davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati mehmon bo‘ldi.

Buyuk shaxmat ustasi A. Karpov so‘zga chiqarkan, universitet jamoasi hamda bo‘lajak iqtisodchilarga muvaffaqiyat tiladi. Qolaversa, shaxmat sport turi kishi aqliy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, tizimli fikrlashida g‘oyatda katta ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. Shundan so‘ng, anʼanaga ko‘ra, hamkorlik va do‘stlik ramzi sifatida universitet hovlisiga mehmonlar tomonidan ko‘chat ekildi.


3 просмотра0 комментариев

Недавние посты

Смотреть все