Поиск
  • Bo'lim

TDIU rektori magistraturaning bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv o`tkazdi.


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qoʼngʼirotboy Sharipov, Oʼquv ishlari boʼyicha prorektor Mansur Eshov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha prorektor Sadirdin Xudoyqulov kafedra mudirlari va magistraturaning bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv oʼtkazdi.


Uchrashuvda oʼquv reja va oʼquv dasturlarini oʼzlashtirish jarayonida korrupsiyaga olib keluvchi har qanday xatti-harakatlarni oldini olish masalasi atroflicha muhokama qilindi.


“— Oʼquv yili yakunlanib, dissertatsiya himoyasi va talabalikka qabul qilish jarayonlari boshlanishi bilan korrupsion holatlar koʼzga tashlanadi. Bu juda ham achinarli holat, taʼlim tizimida korrupsiyaning uchrashi esa ayanchlidir, dedi rektor. — Korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatda boʼlish vati keldi. Korrupsiyaga qarshi kurashish talablari buzilganligi toʼgʼrisida vijdonan xabar berish bilan biz bu illatga qatʼiy barham berishimiz mumkin. Аgarda Siz shunday holatga duch kelsangiz 1003, (71) 207-03-41, (71) 246-38-57 telefon raqamlari, anticor@edu.uz elektron manziliga yoki @EduAntiCorruptionBot telegram botiga xabar qoldiring.


Korrupsiyaga qarshi kurashishda bir butunlikda, hamjihat, jips harakat qilsak, oʼylaymanki, bu illat bizga begona boʼladi.”


Shuningdek uchrashuvda universitet faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyani oldini olish boʼyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni oʼz vaqtida aniqlash va barham berish, oqibatlar, olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini taʼminlash boʼyicha vazifalar belgilab olindi.






Просмотров: 20Комментариев: 0