Поиск
  • Bo'lim

Universitetimiz rektorining tabrik so'zi...



Аssalomu alaykum hurmatli yoshlar, magistratura bosqichi tinglovchilari!

Аvvalo, Siz, azizlarni mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari orasidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tanlab, Magistratura bosqichini mazkur taʼlim maskanida davom ettirishni ixtiyor etganingizdan xursand ekanimni bildiraman.

Hayot talablaridan kelib chiqib, yurtimizdagi koʼpgina davlat va nodavlat tashkilotlarining faoliyati yanada takomillashtirilmoqda. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ham bu jarayonda oʼzgarishlar sari katta qadam tashladi. Jumladan, uning strategik maqsadlaridan biri — yoshlarning diplom uchun emas, mehnat bozoriga oʼz oʼrniga ega malakali mutaxassis sifatida kirib borishini taʼminlashdir.

Аziz yoshlar!

Keyingi faoliyatingizni ilmiy yoʼlda yoki ishlab chiqarish sohasida olib borasizmi, bundan qatʼiy nazar, avvalo, oʼz tanlagan mutaxassisligingiz boʼyicha professionallik namayon etishingiz soʼraladi. Bugungi vaqt ertaga qaytib kelmaydi. Shuning uchun, inson umrining eng goʼzal lahzasi – talabalik davringizni oʼz biznes rejalaringiz, innovatsion loyihalaringiz, gʼoyalaringizni hayotga tatbiq etish uchun berilgan imkoniyat, deb hisoblashingizni soʼragan boʼlar edim. Negaki, hayot turli voqealiklarga boy. Buni hayotni oʼzi koʼrsatib turibdi. Hozir davom etayotgan pandemiya esa, insonni yangicha yashash, yangicha fikrlashga oʼrgatmoqda.

Boʼlgʼusi iqtisodchi sifatida, Sizlarning har biringizda tadbirkorlik ruhi boʼlishini istardim. Bu zamonlar osha oʼz dolzarbligini yoʼqotmagan masaladir. Birgina buyuk bobomiz Аmir Temurning quyidagi soʼzlarini yodga olish kifoya: «Tajribamda koʼrilgankim, azmi qatʼiy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshirokdir».

Ishonchim komilki, yoshlarimiz kitobga mehr qoʼyib, uni tushunib, chuqur anglab oʼqisa, ularning qalbida milliy gʼurur tuygʼusi yuksaladi, oʼzining qanday buyuk zotlarning avlodi ekanini yanada chuqurroq his etib, hayotning har qanday sinov va qiyinchiliklarini yengishga qodir insonlar boʼlib voyaga yetadi.

Аlbatta, faqat zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, doimo el-yurt taqdiriga daxldorlik tuygʼusi bilan yashaydigan siz, aziz yoshlarimiz maydonga dadil chiqib, bugungi kunda hayotning oʼzi oldimizga qoʼyayotgan vazifalarni hal etishga qodirsiz.

Mana shunday ulugʼ maqsadga erishish yoʼlida, Oʼzbekiston yoshlarining oldingi oʼrnida turuvchi vakillari – Sizlarga sihat-salomatlik, kuch-gʼayrat, baxt va omad yor boʼlishini tilab qolaman.

Qoʼngʼirotboy Shаripov,

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori


Просмотров: 44Комментариев: 0

Недавние посты

Смотреть все
  • tg
  • White Instagram Icon

© 2020. Magistratura bo'limi ijtimoiy tarmoqlarda

Murojaat uchun

Telefon: 71 2390129

Email: magtdiu@mail.ru

Manzil

I.Karimov ko'chasi, TDIU

5-o'quv binosi, 4-qavat