Поиск
  • Bo'lim

Xalqaro ekspert bilan uchrashuv...


Akbar Sulaymonov FMCG hamda farmatsevtika sohasida katta tajribaga ega bo'lgan mutaxassis hisoblanib, Oilasi bilan Buyuk Britaniyaga ko'chib o'tishdan oldin Markaziy Osiyo va Rossiyada British American Tobacco kompaniyasi faoliyat olib borgan. BAT va Anheuser-Busch Inbev o'rtasidagi autsorsing bo'yicha xaridlar bo'yicha qo'shma korxonani tashkil etish va boshqarishni nazorat qilgan.

Shundan so'ng, Akbar Suleymonov GSK farmatsevtika kompaniyasiga moliya direktori sifatida ish boshlab, moliyaviy jarayon muammolarini barqarorlashtirish va moliyaviy jarayonlarni optimallashtirishga qaratilgan faoliyat bilan shug'ullangan.


Uning hozirgi vazifasi Mundipharma kompaniyasining IT-texnologiyalari va Xaridlar jarayonlarini nazorat qilish uchun mas'ul bo'lgan moliya direktori.

Akbar Sulaymonov MBA (Buyuk Britaniyaning Hull universiteti), Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi hisoblanadi hamda (ACCA) sertifikatiga ega moliya sohasidagi mutaxassis hisoblanadi.


Barcha talabalarni uchrashuvga taklif etamiz, tadbir soat 14:00 da 5-o'quv binosi 403 auditoriyada bo'lib o'tadi.
12 просмотров0 комментариев

Недавние посты

Смотреть все