Мужчины с калькулятором

SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH

mutaxassisligi – fan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi  mutaxassislik bo‘lib, u o‘z ichiga davlat soliq xizmati organlari tizimida soliq maʼmurchiligini tashkil etish, moliya organlarida soliqlarni boshqarish, rejalashtirish va prognoz qilish, turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlarda, soliq maslahati tashkilotlarida soliq maslahati xizmatlarini ko‘rsatishning faoliyat ko‘lamini qamrab oladi.

 

Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining davlat soliq xizmati organlari, moliya organlari, soliq-byudjet tizimi, soliq maʼmurchiligi, soliq nazorati, soliq maslahati va soliq hisobotidagi jarayonlar obyektlarida soliq to‘lovchilar, soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarni hisobga olishni taʼminlash, soliqqa oid maʼlumotlarning yagona kompyuter bazasini yuritish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning davlat byudjetiga va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘liq miqdorda tushishini taʼminlash va nazorat qilish, soliq maslahati ishini tashkil etish, soliq auditi o‘tkazish, soliq solish metodologiyasi va soliq maʼmurchiligini takomillashtirishni tadqiq qilish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug‘ullanadi.